Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyalik kuzatuvchi: referendum yuksak saviyada o‘tdi
22:08 / 2023-04-30

O‘zbekistonga referendumni kuzatish maqsadida kelgan OISCA xalqaro tashkiloti vitse prezidenti Yunoshin Kuroda (Yaponiya) o‘z mamlakatida saylov, referendum o‘tkazish bo‘yicha katta tajriba to‘planganini, bu kabi jarayonlar namunali o‘tkazilishini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda kun davomida kechgan referendum jarayonlarini kuzatganini, o‘z mamlakatidan katta farq ko‘rmaganini qayd etdi.    

– Hamma ishlar batartib tashkillashtirilgan, aholi ham tartib bilan ovoz berdi. Ularga turli xil yo‘sinda ta’sir qilish holatlari yoki ularning huquqlarini cheklashga qarshi hech qanday harakat kuzatilmadi, – deydi Yunoshin Kuroda. – O‘zbekistonga ilk marta tashrif buyurishim. Poytaxt Toshkent chiroyli va taraqqiy etgan shahar ekan. Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlarga ta’lim berganman. Bu yerda yutuqlarga erishgan shogirdlarim bor.    

N.ABDURAIMOVA, O‘zA