Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyaga tashrif o‘zaro ishonchning yuksak namoyoni bo‘ldi
20:01 / 2025-12-22

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida dastlab Prezidentimizning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan tashabbuslar haqida so‘z yuritildi.

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tashrifni Yaponiya Imperatori Naruxito bilan uchrashuvdan boshlab, parlament va hukumat a’zolari, yetakchi kompaniyalar hamda moliya institutlari rahbarlari bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi. Bu uchrashuvlar o‘zaro ishonch va ochiq muloqotga asoslangan munosabatlarning yuksak darajasini namoyon etdi.

Shuningdek, yig‘ilishda davlatimiz rahbarining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomidagi ishtirokiga ham to‘xtalib o‘tilib, uning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi, so‘nggi to‘rt yilda ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb ikki baravarga oshib, 20 milliard dollarga yaqinlashgani hamkorlik samaradorligining yaqqol natijasi sifatida qayd etildi.

Shundan so‘ng bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi. Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi. Ta’kidlanganidek, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinib, loyihadagi moddalar yanada takomillashtirildi.

Muhtarama Komilova, O‘zA