O‘z huquqini to‘laqonli anglab yetmaslik oqibatida ayrim fuqarolar firibgarlikda “ustasi farang”larning “tuzoq”lariga o‘zlari bilib-bilmagan holda ilinib qolmoqda.
Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi 24 yoshli yigit xorijga ishlish niyatida tegishli vakolatli organlarga murojaat etish o‘rniga, aldov yo‘li bilan birovning haqiga ko‘z tikkan qabih niyatli kimsalarga uchradi, qo‘ydi.
Uning tuman ichki ishlar bo‘limiga yozgan arizasida qayd etilishicha, bundan ikki yilcha muqaddam, ya’ni 2019 yilning noyabr oyida 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro Yaponiya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, undan jami 3 400 AQSH dollarini olib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Viloyat IIB axborot xizmatining O‘zA muxbiriga ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan firibgar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, chora ko‘rildi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA