Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyadagi g‘oyib bo‘lgan vertolyot qoldiqlari Aso tog‘idan topildi
10:25 / 2026-01-22

Rasmiy manbalarga ko‘ra, Yaponiyaning Kumamoto prefekturasi hududidagi Aso tog‘i vulqon kraterida topilgan siniqlar avvalroq nazoratdan g‘oyib bo‘lgan sayyohlik vertolyoti qismi bo‘lib chiqdi.

"Kyodo" xabariga ko‘ra, Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi o‘sha joydan vertolyot fyuzelyajiga o‘xshash jiddiy shikastlangan ob’ekt topilganini ma’lum qildi. Agentlik ushbu jismlar bir kun avval aloqa uzilgan sayyohlik vertolyotiga tegishliligini tasdiqladi. 

Xabar qilinishicha, uchuvchi va ikki tayvanlik yo‘lovchi hamon qidirilmoqda. Hodisa sababi aniqlanyapti, tergov davom etyapti. Avvalroq Aso tog‘i uzra uchayotgan vertolyot parvoz chog‘i favqulodda belgi bergani, biroq vaqtida bazaga qaytmagani xabar qilingandi. Shundan so‘ng hududda qidiruv-qutqaruv ishlari boshlandi.

G.Sattorova, O‘zA