Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada yong‘in 170 ta binoni vayron qildi
18:07 / 2025-11-19

Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Oita shahrida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Tun bo‘yi chekinmagan olov hamon to‘liq o‘chirilmadi. Bu haqda Milliy yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Ofat natijasida 170 bino, jumladan turar-joy inshootlari yonib ketdi, 350 xonadon elektr ta’minotidan uzildi.

Yong‘in va tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Tokiodan 770 km janubi-g‘arbda joylashgan Saganoseki tumanida 175 oila evakuatsiya qilingan, deb yozdi "Reuters".

Bir kishining taqdiri noma’lum, fojia sababi o‘rganilmoqda.

Mahalliy matbuot xabarida alanga yaqin atrofdagi o‘rmon yon-bag‘irlariga ham tarqalgani aytilgan.

Bosh vazir Sanae Takaiti ijtimoiy tarmoq orqali prefektura gubernatori iltimosiga ko‘ra voqea joyiga harbiy o‘t o‘chirish vertolyoti yuborilganini bildirdi.

G.Sattorova, O‘zA