English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada yirik xalqaro ko‘rgazma ish boshladi
14:12 / 2025-04-14

Yakshanba kuni Yaponiyaning Osaka shahrida “World Expo 2025” Butunjahon ko‘rgazmasi ochildi. Anjumanda 160 mamlakat va mintaqa o‘z texnologiyasi, madaniyati va oziq-ovqat mahsulotlarini namoyish etmoqda. Mezbon davlat Bosh vaziri Sigeru Isiba ushbu tadbir dunyoda yana bir bor birlik tuyg‘usini tiklashiga umid bildirdi.

Oktyabr oyi o‘rtalarigacha davom etadigan ko‘rgazmaning diqqatga sazovor eksponatlari sifatida Mars meteoriti, ildiz hujayrasidan o‘stirilgan sun’iy yurak, suv o‘ti shaklidagi “Hello Kitty” e’tirof etilyapti.

Ko‘plab pavilonlarni o‘rab turgan “Katta uzuk” nomli yog‘och konstruksiya tomoshabinlarni me’moriy hayrat ko‘chasiga olib kiradi. Muallif Sou Fujimoto “Frans Press” axborot agentligi muxbiriga aytishicha, ushbu ko‘rgazma turli madaniyatlar, davlatlar xilma-xilligini uyg‘un holda namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat.

Hukumat boshlig‘i ta’kidlashicha, anjuman birlik hissini kuchaytiradi. – Dunyoviy birdamlik tuyg‘usini mustahkamlamoqchimiz, – dedi Isiba jurnalistlarga. Ukraina stendidagi sariq va ko‘k belgi yetakchi Vladimir Zelenskiyning urushga nisbatan murosasiz izohini aks ettirgan.

– Dunyo chidamliligimiz haqida ko‘proq bilishini istaymiz. Biz yo‘q qiluvchi emas, yaratuvchimiz, – deydi AFP muxbiriga Ukraina iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Tatyana Berejna.

Isroilning xuddi shunday ixcham ayvoni rahbari Yohil Vilan “Biz tinchlik xabari bilan keldik”, dedi.

Ko‘rgazmaga Quddusning G‘arbiy devoridagi tosh aks ettirilgan Falastin paviloni ham qad ko‘targan.

“Go‘zal Amerika” mavzusi tanlangan Qo‘shma Shtatlar “burchagi”da hech nima Trampning oxirgi kunlardagi savdo siyosatini eslatmaydi. Balki, mamlakat landshafti, sun’iy intellekt texnologiyasi, koinot kabi mavzularga e’tibor qaratilgan.

Xitoy paviloni xattotlik varag‘ini eslatib, yashil texnologiya va “Chan’e-5” va “Chan’e-6” zondlari yordamida oydan olib kelingan namunalarni ko‘z-ko‘z qilmoqda.

“Osmon yo‘lagi” tepasidagi beqiyos manzara va dengiz shabadasidan bahramand bo‘lgach, ko‘rgazma mehmonlari dunyodagi eng uzun sushi konveyeri tasmasi yonida to‘xtashi yoki ko‘p ko‘zli “Expo 2025” ramziy tumori – Myaku-Myaku bilan uchrashishi mumkin.

Dronga o‘xshash uchadigan transport vositasi va ildiz hujayrasi (iPS)dan yaralgan kichkina sun’iy yurak ilk bor omma oldida namoyish etildi.

– Bu yurak urib turadi, – deydi “Pasona Group” vakili Bayron Rassel. Shveysariya pavilonida barqarorlik va ekologiya mavzulariga urg‘u berilgan.

Yaponiya ushbu tadbir bahonasida rekord darajadagi sayyohlar oqimini boshdan kechirmoqda. Ya’ni, Osaka – Kiotoning issiq nuqtasi misli ko‘rilmagan miqdorda yuqori narxli buyurtmalarni qabul qila boshladi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA