Yaponiyada “Yangi O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi namoyish etilmoqda
Tokio shahrida Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari doirasida “Yangi O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Fotoko‘rgazmada O‘zbekiston madaniyatini, san’atini, arxitekturasini, milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi 60 ga yaqin rasmlar, 50 dan ortiq hunarmandchilik va milliy kiyimlar hamda o‘zbek noni va non mahsulotlari namoyish etildi.



Mazkur ko‘rgazmada o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, til va an’analari namoyish etilgan rasmlar va mahsulotlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, xorijlik tomoshabinlarni o‘ziga jalb etmoqda.


19 dekabrga qadar davom etadigan madaniyat kunlari doirasida “Yangi O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi tomoshabinlar uchun ochiq bo‘ladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA