Kecha Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kagosima ko‘rfazida “Sakuradzima” vulqoni “uyg‘ondi”, deb xabar bermoqda “Kyodo” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, vulqon otilishi mahalliy vaqt bilan soat 00:57 da ro‘y bergan. Qurbonlar va jarohatlanganlar soni haqida ma’lumot yo‘q. Shuningdek, yaqin atrofdagi binolarga zarar yetkazilmagan.
Minamidake kraterida sodir bo‘lgan hodisa o‘tgan yilning 18 oktyabridan beri birinchi marta 4000 metrdan yuqoriga ko‘tarildi, deb ma’lum qildi mahalliy meteorologiya xizmati. Otilishdan keyin vulqonning faolligi davom etgan. Rasmiylar tutun va kul qo‘shni mintaqalarga ham tarqalishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Ogohlantirish darajasi besh ballik shkala bo‘yicha uch ball bo‘lib turibdi, bu esa toqqa yaqin borishni cheklaydi.
Kunchiqar yurtning eng faol vulqonlaridan biri “Sakuradzima” krateriga kirish 2016 yil fevral oyidan beri taqiqlangan. Ilgari vulqon joylashgan hudud Kagosima ko‘rfazida alohida orol bo‘lgan. Ammo 1914 yilda o‘lka tarixidagi eng yirik otilishdan keyin lava oqimlari sharqiy qirg‘oqning bir qismini to‘ldirib, orolni Osumi yarim oroli bilan bog‘ladi.
O‘.Alimov, O‘zA