Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada Vetnam fuqarolaridan iborat yuk kemasi suvga g‘arq bo‘ldi
17:56 / 2021-12-02

Yaponiyaning Kinuura portiga suzib ketayotgan Panama bayrog‘i ostidagi yuk kema dengizda halokatga uchradi, natijada bir kishi bedarak yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.

Kanal keltirgan faktlarga ko‘ra, kema bortida 18 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi Vetnam fuqarolari ekani aytilmoqda.

Chorshanbaga o‘tar kechasi ko‘mir ortilgan yuk kemasi Yaponiyaning Simane prefekturasidan 380 kilometr uzoqlikda favqulodda ogohlantirish e’lon qilgan.

Keyinchalik Janubiy Koreya qirg‘oq qo‘riqchisi voqea joyiga yetib kelgan. 17 nafar ekipaj a’zosi qutqarib olingan, ammo yuk kemasi suvga g‘arq bo‘lgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, bir kishi bedarak yo‘qolgan. Ayni paytda Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati qidiruv ishlarini olib bormoqda.