Yaponiyada vertolyot ekipaji a’zolari jasadi topildi
“Anadolu” xabariga ko‘ra, 6 aprel kuni Yaponiya janubi-g‘arbida radardan g‘oyib bo‘lgan vertolyot ekipaji besh nafar a’zosining jasadi topildi.
Yaponiya O‘z-o‘zini mudofaa kuchlari qutqaruvchilari Okinava orol-prefekturasi qirg‘og‘idan chuqur dengizga sho‘ng‘ib, besh kishining tanasini olib chiqishdi.
Qidiruv chog‘ida halokatga uchragan uchoqning bir necha parchasi ham topilgan.
«UH-60 Black Hawk» ko‘p maqsadli vertolyoti uzoq Miyako oroli hududida kuzatuv doirasidan chiqib ketgandi.
Qayd etilishicha, havoga ko‘tarilgandan so‘ng, darhol, vertolyotda muammo yuzaga kelgan. Uchoq sahnida 10 kishi bo‘lgan.
O‘zA