Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada uxlash uchun vertikal kapsulalar ixtiro qilindi
15:25 / 2022-07-18

Yaponiyaning Itoki Corp. va Koyoju Gohan KK. mebel kompaniyalari tomonidan sog‘lom ofis madaniyatini joriy etish maqsadida Nap Box uxlash uchun vertikal kapsulalar ishlab chiqarildi.

Hamkorlarning fikricha, insonlar Nap Boxda flamingo kabi tik holatda uxlashlari mumkin bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, bosh, tizza va belni tutib turuvchi maxsus konstruksiya hisobiga insonlar qisqa vaqt ichida qulay dam olishlari mumkin bo‘ladi va shu bilan birga yiqilib tushmaydi.

Ixtiro bahosi hozircha ma’lum emas. Inemuri-kunduzi ishda, jamoat transportida va boshqa joylarda uxlash amaliyoti bo‘lib, u Yaponiyada keng tarqalgan. 

Yapon urf-odatlariga ko‘ra, inemuri faqatgina jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, bu esa o‘z navbatida, odamlar ko‘p ishlayotgani sababli kam uxlayotganligiga ishora qiladi.  

Gulruh Abdullayeva, O‘zA