Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada Sinmoe vulqoni faollashdi
19:18 / 2025-08-10

Yaponiya janubi-g‘arbidagi Sinmoe vulqoni yakshanbaga o‘tar kechasi yana faollashdi va o‘z kulini 3 kilometr balandlikka sochdi.

"Japan News" xabariga ko‘ra, hodisa tunda boshlangan. Meteorologiya agentligi krater atrofida kichik vulqon jinsi qulashi ehtimolidan ogohlantirdi.

Sinmoe 27 iyundan boshlab vaqti-vaqti bilan faollashmoqda. Yaponiya "Tinch okeani olov halqasi" deb ataladigan hududda, seysmik va vulqon faolligi zonasida joylashgan. Kun chiqar yurtda 100 dan ortiq faol vulqon mavjud.