Yaponiyada sayyohlik vertolyoti tog‘da g‘oyib bo‘ldi
Yaponiyaning Kumamoto hududida bortida uch kishi bo‘lgan sayyohlik vertolyoti g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “TheJapan Times” nashri ma’lum qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mamlakat Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi vertolyotning parvozi Kumamotodagi Aso tog‘i ustida rejalashtirilganini ma’lum qilgan.
Vazirlik bortda uchuvchi va Tayvandan kelgan ikki yo‘lovchi bo‘lganini tasdiqladi.
Xabarlarga ko‘ra, uchoq parvoz paytida falokat signalini yuborgan, ammo belgilangan vaqtda bazaga qaytmagan. Ayni paytda hududda qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan.
G.Sattorova, O‘zA