Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada robot-bo‘ri yaratildi
10:59 / 2023-11-02

Ko‘zlari qizil diod chiroqli, qo‘rqinchli ovoz chiqaradigan dinamik bilan jihozlangan 200 ga yaqin mexanizatsiyalashtirilgan robot-bo‘ri Yaponiyaning barcha tumanlariga o‘rnatildi. Bundan ko‘zlangan maqsad yovvoyi hayvonlarning xususiy mulkka, odamlar tomorqasiga bostirib kirishini cheklash, deyiladi “ABC News” telekanali bilan suhbatda “Ohta Seiki” kompaniyasi ixtirochisi Ota Yuji.

“Hozircha hech kim qurilma samarasiga shubha bildirmadi... mamlakat hududi bo‘ylab 180 ga yaqin “qo‘rqinchli bo‘ri joylashtiridik”, - dedi ixtirochi telekanal muxbiriga.

Ota Yuji ta’kidlashicha, kun chiqar yurt yovvoyi tabiati vakillari, odatda, bo‘ridan qo‘rqadi, shunday instinkt mavjud. Shu bois robot-bo‘rilar ovoz repertuarida uvillash, vovillash va o‘q ovozi bor.

Telekanal ma’lum qilishicha, bunday robotlar paydo bo‘lishi yapon jamoatchiligining yengil tanqidiga, hatto kulgisiga sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, kashfiyot hayvonlarni qo‘rqitish uchun yetarli darajada ishonchli chiqqan.

“NHK” telekanali axborotga qaraganda, Yaponiyada ayiqlarning odamga hujumi rekord darajada ko‘p uchrarkan. Masalan, aprel oyidan boshlab, 173 marta ayiqning insonga tahdidi kuzatilgan. 18 muzofotda maymoq jonivorlar aholi manzillariga ham kirib kelmoqda. Ivate prefekturasida ovchi va sanitar xizmati xodimlari omborga kirib olgan ayiqni quvib chiqara olmagan.

Avvalroq mamlakatning boshqa hududida yovvoyi ayiq kasalxona binosiga kirib olgani, natijada tezkor qutqaruv guruhini chaqirishga to‘g‘ri kelgani ma’lum qilingandi. Hatto, ayiqlar kishilar uyi yaqinida ham paydo bo‘layotgani qayd etilyapti.