Yaponiyada parlament majlisida ishtirok etmagan deputat vakolatidan mahrum qilindi
Yaponiya yuqori palatasi navbatdagi majlisida deputat Gaasyy (haqiqiy ismi Yosikadzu Xigasitani) majlisga kelmagani uchun vakolatidan mahrum qilindi. Xabarda majlis palata saytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilib borilgani aytilmoqda.
Deputatning vakolatidan mahrum etilishi bilan bog‘liq ushbu voqea Yaponiya tarixida uchinchisi hisoblanadi.
Bloger va yutubchi Gaasyy so‘ngi paytlarda xorijda yashamoqda va parlament majlisida shaxsan ishtirok etmayapti. Bir gal u majlisda masofadan turib ishtirok etish istagini bildirgan edi, biroq hozirgi qonunchilik parlament majlislarida deputatlarning shaxsan o‘zlari ishtirok etishini nazarda tutadi. Qonunchilikni o‘zgartirish uchun esa u mamlakatga qaytib, majlisda qatnashishi hamda qonunga o‘zgartirish kiritish tashabbusini ilgari surishi kerak.
O‘tgan hafta unga parlamentga kelishi va kechirim so‘rashi taklif etilgan edi, biroq u Yaponiyaga qaytmagandan keyin, deputatlik vakolatidan mahrum qilishga qaror qilindi, deyiladi xabarda.