Yaponiya poytaxti Tokioda “O‘zbekiston mahsulotlari” savdo yarmarkasi doirasida mamlakatimizda yetishtirilgan eng sara meva-sabzavotlar, qayta ishlangan, quritilgan va sublimatsiya qilingan mahsulotlar, quruq mevalar namoyish etildi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan tashkil etib kelinayotgan “O‘zbekiston mahsulotlari” yarmarkasi ko‘plab davlatlarda mehmon bo‘lib, yirik eksport shartnomalari imzolanishiga asos bo‘lmoqda.
2025 yil eksport geografiyamizdan Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur kabi davlatlar joy olgan bo‘lsa, ular safiga endi Yaponiya ham qo‘shildi.
An’anaga muvofiq, 2 tonnaga yaqin mahsulot eng gavjum cavdo markazida namoyish etildi. Sarxil meva-sabzavotlardan anor, xurmo, uzum, pomidor, limon, qayta ishlangan mahsulotlardan esa quritilgan va sublimatsiya qilingan qovun, olxo‘ri, olcha, olma kabi meva va polizlar mahalliy iste’molchilarning e’tiboriga sazovor bo‘ldi.
- Biz aylangan bozorlarda va yirik savdo tarmoqlarida zamonaviy qadoq va qulay qilingan, har bir mevani alohida o‘ralganini, ekologik toza ekanligini ko‘rib hayratimiz oshdi, - deydi tadbirkor Yorqin Inomov. – Biz buni o‘zimizda qilsak ham bo‘ladi. Shuni bildimki, yangicha qadoqda, kichikroq hajmda qadoqlashimiz kerak ekan.
O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyishi ijtimoiy tarmoqlarda ham diqqat markazida bo‘ldi. Ko‘rgazma doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Yaponiyaning Qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va baliqchilik vazirligi, JICA tashkiloti bilan hamkorlikda muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda fitosanitar xavfsizlik, laboratoriya diagnostikasi va xalqaro standartlarga mos nazorat tizimlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Yaponiyaga 70 turdagi meva-sabzavot mahsulotlarini fitosanitar sertifikat asosida eksport qilish imkoni mavjud.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-VFiz8I3Woc" title="Yaponiyada O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA