Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tadi
08:20 / 2025-12-16

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya vakillari ushbu Yaponiyada bo‘lib turibdi.

Joriy yilning 19 dekabr kuniga qadar davom etadigan Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlarida o‘zbek san’at ustalari ishtirokida konsert dasturlari, fotoko‘rgazma hamda bir qator rasmiy uchrashuvlarning o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yaponiyada istiqomat qiluvchi 30 nafardan ortiq o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi.  

Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida  vazir Yaponiyaning turli sohalarida mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning faoliyati bilan qiziqdi.

Uchrashuv jarayonida tibbiyot, iqtisod, ta’lim, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, tadbirkorlik, madaniyat sohalari xususida suhbatlashildi.

N.Usmonova,

O‘zA