Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada o‘zbek tilida mushoira bo‘lib o‘tdi
18:08 / 2024-10-21

Yurtimizning Yaponiyadagi elchixonasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda buyuk qomusiy olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda elchimiz Muhsinxo‘ja Abdurahmonov nutq so‘zlab, davlat tilining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdi, shuningdek Yaponiyada o‘zbek tili ixlosmandlari tobora ortib borayotganligini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek bobomizning ilmiy-ma’rifiy merosi, insonparvarlik g‘oyalari yapon olimlari va tadqiqotchilari tomonidan keng o‘rganilishi va targ‘ib qilinishiga umid bildirdi.

Samimiy ruhda kechgan davra suhbati dasturidan Sukuba xorijiy tillar universiteti ilmiy tadqiqotchisi Xidaka Shinsuke tomonidan “New Express + Uzbek language” nomli o‘quv qo‘llanmasining taqdimoti, o‘zbek she’rlaridan baytbarak, “Siz O‘zbekiston va o‘zbek tilini qay darajada bilasiz?” nomli boshqotirma va boshqa qiziqarli tadbirlar o‘rin oldi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA