Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada ob-havo saylovga ta’sir ko‘rsatishi mumkin
13:54 / 2026-01-29

Yaponiyaning shimoliy va g‘arbiy hududlarida yaqin kunlarda yana kuchli qor yog‘ishi kutilyapti. Bu haqda mamlakat Meteorologiya agentligiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qor Xokurikuda 70, Kinki mintaqasida esa 60 santimetrgacha yetishi mumkin. Ayniqsa Yapon dengizi sohiliga yaqin hududlar eng ko‘p ta’sir ostida qolishi ehtimoli kuchli. Mutaxassislar yo‘l harakati izdan chiqishi, muzlama va ko‘chki xavfi ortishidan ogohlantirmoqda.

Ayni payt mamlakatda siyosiy jarayon ham qizg‘in. 8 fevral kuni parlament quyi palatasiga saylov o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qorli ob-havo, ayniqsa, qishloqlarda saylovchilar faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

D.Hakimov, O‘zA