Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada o‘zbek fotoustalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
16:40 / 2019-12-18

Ko‘rgazmada 85 ta fotosurat namoyish etiladi.


Madaniyat vazirligi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 18-22 dekabr kunlari Yaponiyaning Tokio san’at universiteti “Chinretsukan Gallery” badiiy galereyasi binosida “O‘zbekiston san’atida buddaviylik timsollari” nomli fotoko‘rgazma tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘rgazmada 85 ta fotosurat namoyish etiladi. Shundan 10 tasi yaponiyalik tadqiqotchi Kyudzo Katoning hayoti va ijodiga, 75 tasi O‘zbekistondagi buddaviylik san’atiga bag‘ishlangan.

Kyudzo Kato olim va tadqiqotchi bo‘lib, ko‘p yillar mamlakatimizda o‘z tadqiqotlarini olib borgan, xususan, Surxondaryo viloyatining Dalvarzintepa, Qoratepa, Xolchayon va Fayoztepa yodgorliklarida arxeologik qazishmalarni o‘tkazgan.

Ko‘rgazmaning ochilishi 20 dekabr kuni soat 10.00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda mamlakatimizdan madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Oqilova hamda boshqarma boshlig‘i Shahlo Abdullaevalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.