French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada malaka oshirgan yurtdoshlarimiz maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi (+video)
20:53 / 2024-09-20

Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti tomonidan tashkil etilgan stajirovkada Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Markaziy Osiyo va Boltiqbo‘yi davlatlaridan delegatlar ishtirok etdi. Xususan, O‘zbekiston tomonidan Bank-moliya akademiyasi xodimi hamda 10 nafar tinglovchisi ishtirok etib, Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari institutining sertifikatini qo‘lga kiritishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Yaponiya ijtimoiy ta’minot va soliq tizimi, pul-moliya siyosati, hukumatlararo fiskal munosabatlar va mahalliy davlat moliyasi, fiskal konsolidatsiya amaliyoti kabi xalqaro soliqqa tortishning so‘nggi o‘zgarishlari va Osiyoning iqtisodiy muammolari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, kichik va o‘rta korxonalar uchun moliyaviy siyosat, o‘zgaruvchan dunyoda soliq-byudjet va pul-kredit siyosati kabi qator yo‘nalishlarda seminar-treninglar tashkil etildi.

“Seminar on Economic Policies 2024” nomi ostida tashkil etilgan stajirovka mobaynida Tokio fond birjasi, Yaponiya banki, Ueno soliq idorasi va yirik kompaniyalardagi amaliy jarayonlar bilan tanishildi.

Eslatib o‘tamiz, Bank-moliya akademiyasi va Yaponiya Moliya vazirligining Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti o‘rtasidagi hamkorlik qariyb 30 yildan beri davom etib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida Bank-moliya akademiyasining 250 nafarga yaqin tinglovchisi va  mutaxassislari Yaponiya hukumatining to‘liq granti asosida kunchiqar yurtda yangi bilimlarni o‘zlashtirib, ilg‘or tajribalarni o‘rganib qaytdi.

Joriy yildan esa Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari salohiyatidan kelib chiqib, Yaponiya tomoni kvotalar sonini 10 taga oshirgan. Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti vitse prezidenti bir vaqtning o‘zida Bank-moliya akademiyasining faxriy birinchi prorektori sifatida faoliyat ko‘rsatib keladi. Tomonlar birgalikda grant loyihalari va ilg‘or tajribalarni o‘rganishga doir turli tadbirlarni amalga oshirib kelayotgani ham akademiya yutug‘idir.

O‘zAning quyidagi YouTube ilovasi orqali yurtdoshlarimizning fikr-mulohazalarini ko‘rish mumkin.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/WD8UU207uCo?si=ArdC_VHvyQC6xS2K" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev,

O‘zA