Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada liftlarda qavatdan qavatga ko‘tarila oladigan robot-farrosh yaratildi
12:35 / 2022-06-01

Yaponiyada bino lifti orqali qavatdan qavatga mustaqil harakatlana oladigan yangi robot-farrosh sinovdan o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda NHK telekanali.

Cyberdyne kompaniyasi tomonidan JR West robot temir yo‘l operatori bilan birgalikda ishlab chiqilgan robot-farrosh oddiy robot-chang yutgichni eslatadi, biroq farq qiladigan tomonlari ham bor, ya’ni uning harakatlanish dasturi yanada chuqurroq tizimga ega.  

Robot ma’lum bir QR-kod ni avvaldan hisoblab chiqib, o‘zi mustaqil ravishda WiFi ga qo‘shiladi va u orqali liftni chaqiradi hamda bir qavatdan boshqa qavatga mustaqil ravishda o‘tib, farroshlik ishini davom ettira oladi.  

"Tug‘ilish kamayib boraverar ekan, ertami indinmi ishchi kuchi yetishmaydigan davr keladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, farroshlik ishlarining bir qismi qo‘lda bajariladi, lekin biz ishlarni imkon qadar mexanizatsiyalashtirishda davom etamiz", – deya keltiradi telekanal JR West vakilining so‘zlarini. Xabarda, bunday robotlar qachon ommaviy ravishda ishlab chiqarilishi va sotuvga chiqarilishi haqida ma’lum qilinmagan.