Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi
Yaponiyada davom etayotgan qor bo‘ronlari 38 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.
Mamlakat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yanvardan beri o‘lkaning shimoliy va shimoli-g‘arbiy hududlarida bir qancha qor to‘lqinlari qayd etilgan.


Avvalroq, 35 kishi halok bo‘lgani, 393 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi. Kunchiqar yurt matbuoti yozishicha, shu kungacha qahraton qish sabab 451 kishi tan jarohati olgan, ulardan 142 nafari og‘ir axvolda. 38 kishi halok bo‘ldi. O‘limlarning uchdan biridan ko‘prog‘i Niigata prefekturasida sodir bo‘lgan.
G.Sattorova, O‘zA