Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada kuchli qor: 16 kishi halok bo‘ldi
11:03 / 2026-01-27

Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi oqibatida hozirgacha 16 inson hayotdan ko‘z yumgan, qariyb 120 kishi turli darajada jarohat olgan.

Rasmiylar aytishicha, ayniqsa mamlakat shimolidagi Xokkaydo orolida vaziyat og‘ir. "JR Hokkaido" temir yo‘l kompaniyasi kuchli qor sabab mingga yaqin qatnov bekor qilingan yoki kechiktirilganini ta’kidladi. Natijada 140 000 dan ko‘p yo‘lovchi safar rejasini o‘zgartirishga majbo‘r bo‘ldi. Poyezdlar harakatidagi uzilish bugun ham davom etyapti.

Mahalliy hokimiyat aholiga ehtiyot chorasini kuchaytirish, jiddiy zaruratsiz yo‘lga chiqmaslikni tavsiya qilgan. Qutqaruv va tozalash ishlari kuchaytirilgan.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA