Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada koronavirusga qarshi tabletka ko‘rinishidagi dori vositasi sinovdan o‘tkazilmoqda
14:09 / 2021-07-26

Yaponiyadagi “Sionogi” kompaniyasi (Shionogi & Co) COVID ga qarshi tabletka ko‘rinishidagi dori vositasini odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshladi.

“Wall Street Journal” bu haqda xabar tarqatmoqda.

Sinovlar kamida kelgusi yilning boshigacha davom etib, unda 50 dan 100 nafargacha sog‘lom odamlar ishtirok etadi.

Ta’kidlanishicha, shu yilning oxirida dori vositasi hal qiluvchi nazorat bosqichidan o‘tkaziladi.

Tabletkalar kundalik iste’molga mo‘ljallangan. Mazkur dori vositasi bemorni bir haftaga qolmasdan kasallikdan forig‘ qilishi ko‘zda tutilgan.