Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan yana bir shar topildi
09:44 / 2023-03-02

Yaponiyaning Tokunosima orolida g‘or yaqinida aylanasi 1,5 metr keladigan yana bir shar topildi.

Fevral oyida ham Sidzuoka prefekturasida Xamamatsu shahri yaqinidagi sohilda xuddi shu hajmda metall shar topilgan edi.  

Bu gal shar Kagosima prefekturasi Tokunosima orolidan topilgani aytilmoqda.

Mahalliy politsiya xodimlari ob’ektni ko‘zdan kechirib, u xavfli emasligini, portlash ehtimoli yo‘qligini ta’kidlashgan.  

MBC telekanalining ma’lum qilishicha, g‘or yaqinida topilgan sharning yuzasi qariyb to‘liq   zanglagan.

Mutaxassislarning biri sharni urib ko‘rganida ichi bo‘sh metallga o‘xshagan ovoz chiqqan. Sharning markazida biriktirilgan chiziq ko‘zga tashlanadi, bir tomonida xalqa shaklida yoy bor.  

Ekspertlarning ta’kidlashicha, topilma o‘tgan oyda Sidzuoka  prefekturasida topilgan sharga o‘xshashi mumkin.