Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada joriy yilning oʻzida koronavirusga qarshi vaksina yaratiladi
14:42 / 2020-04-28

Yaponiyaning Shionogi & Co kompaniyasi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarayotgani haqida maʼlum qildi.


Yaponiyaning Shionogi & Co kompaniyasi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarayotgani haqida maʼlum qildi. Vaksina ekspresslashadigan bakulovirusli vektor tizimi yoʻli bilan yaratilmoqda. Shuningdek, u joriy yilning oʻzida klinik sinovdan oʻtkaziladi.

Ayni damda Shionogi & Co Yaponiya sogʻliqni saqlash vazirligi hamda farmatsevtik preparatlar va tibbiy texnikalar boʻyicha agentligi, shuningdek, milliy infeksiya kasalliklari instituti bilan vaksina sinovini shu yilning oʻzida boshlashni kelishish uchun ish olib bormoqda, deyiladi xabarda.

“COVID-19”ga qarshi vaksina hamda davolash preparatlarini ishlab chiqish bizning eng dolzarb vazifamiz hisoblanadi. Klinik sinovni imkon qadar tezroq boshlash uchun bor kuchimizni sarflaymiz, shuningdek, bu borada tadqiqotlarni kengaytirib borishga harakat qilamiz. Natijada 10 millionga yaqin kishini vaksina bilan taʼminlash imkoni paydo boʻladi“, – deyiladi mazkur hujjatda.

Yaponiyada mart oyi oxirida Nagasaki portiga kirgan Costa Atlantica sayohat kemasi ekipaji aʼzolarini qoʻshib hisoblaganda jami koronavirusga chalinganlar soni 14 ming 325 kishini tashkil etdi. Ushbu koʻrsatkichga Yokogama portida bir yarim oy karantinda qolib ketgan Diamond Princess sayohat kemasidagi koronavirusga chalingan 712 kishi ham kiritilgan.