Yaponiyada hukmron partiya tarixiy g‘alabaga erishdi
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan muddatidan oldingi parlament saylovlarida hukmron Liberal-demokratik partiya ishonchli g‘alabaga erishdi.
Mamlakat tarixida ilk bor ayol bosh vazir bo‘lgan Sanae Takaiti rahbarligidagi partiya quyi palata — Vakillar palatasida 465 o‘rindan 316 tasini qo‘lga kiritdi. Bu LDP uchun eng yuqori natija hisoblanadi.

Yapon ommaviy axborot vositalari saylov natijalarini Takaiti uchun siyosiy mandatni mustahkamlovchi g‘alaba sifatida baholadi. “Reuters” axborot agentligiga ko‘ra, ushbu natija hukmron partiyaning parlamentda mutlaq ustunligini yanada kuchaytirgan.
Saylovlarda jami 1 284 nafar nomzod ishtirok etdi. Ulardan 289 o‘rin bir mandatli okruglar orqali, qolgan 176 o‘rin esa partiya ro‘yxatlari asosida taqsimlandi.
D.Hakimov, O‘zA