Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada harbiy tizimni qo‘shimcha moliyalashtirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi
12:00 / 2023-06-16

Yaponiya parlamenti yuqori palatasi oshirilgan harbiy xarajatni moliyalashtirish manbasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Ovoz berish jarayoni efirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilib turilgani aytilmoqda.

Hujjat muxolifatchilar qarshiligiga qaramay qabul qilingan, chunki yuqori palatada hukmron partiya a’zolari ko‘pchilik.

Qonun qo‘shimcha harbiy xarajatga yo‘naltiriladigan mablag‘ soliqdan tashqari manbalar orqali ta’minlanishini ko‘zda tutadi.

Kun chiqar yurt hukumati kelgusi besh yilda harbiy xarajatni 43 trillion iyena (318 milliard dollar)ga yetkazmoqchi. Bu hozirgi miqdordan 17 trillion (126 milliard dollar) iyena ko‘p. Soliqdan tashqari tushumni ta’minlash uchun “mudofaa qobiliyatini mustahkamlash jamg‘armasi” tashkil etiladi.

O‘tgan yil dekabrda Yaponiya 2027 yilgacha mudofaa xarajatini mamlakat YAIM 2 foiziga yetkazish belgilangan uch muhim hujjat – “Milliy xavfsizlikni ta’minlash strategiyasi”, “Milliy mudofaa strategiyasi” va “Mudofaa qobiliyatini ta’minlash rejasi”ni qabul qilgan.