Yaponiyada bu yil yoz rekord darajada issiq bo‘ldi
Yaponiya meteorologiya agentligi (JMA) ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda bu yil rekord darajadagi issiq yoz kuzatildi. O‘rtacha harorat ko‘p yillik me’yordan Selsiy bo‘yicha 2,36 birlik yuqori bo‘lgan. Bu haqda Sinxua agentligi yozgan.
Kuzatuv boshlangan 1898 yildan buyon qayd etilgan bu eng yuqori ko‘rsatkich 2022-23 yillarda o‘rnatilgan avvalgi rekordlardan sezilarli darajada oshgan.
Iyun-avgust oralig‘ida kun chiqar yurt noodatiy issiqdan aziyat chekdi. 5 avgust kuni Gunma prefekturasi Isesaki shahrida havo 41,8 darajagacha qizib, mamlakat tarixidagi rekord kuzatildi.
30-31 avgust kunlari ham simob ustuni qizil belgisi 40 dan ko‘tarildi. Bu yilgi anomal issiq kunlarning umumiy soni ham rekord darajadagi to‘qqiztaga yetdi.
JMA bu yozni “g‘ayritabiiy darajada issiq” baholab, butun mamlakat bo‘ylab favqulodda ob-havoning jiddiy xavfini ta’kidlagan.
S.Rahimov, O‘zA