Yaponiyada bir kunda 33 ta zilzila sodir bo‘ldi
Yaponiyaning Shimane hududida seshanba kuni o‘ttiz uchta zilzila ro‘y berdi, deb xabar bermoqda mamlakat meteorologiya xizmati.
Ta’kidlanishicha, kecha mahalliy vaqt bilan soat 10:18 da Shimane prefekturasida 6,4 magnitudali zilzila qayd etilgan. Epitsentr 11 kilometr chuqurlikda joylashgan edi. Sunami xavfi e’lon qilinmagan. Tabiiy ofat natijasida to‘qqiz kishi jarohat olgan.
Eng kuchli yer silkinishi asosiy zilziladan o‘n daqiqa o‘tgach sodir bo‘lgan. O‘lka meteorologlari hafta davomida kuchli zilzilalar xavfi saqlanib qolishi haqida aholini ogohlantirgan.
G.Sattorova, O‘zA