Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaiti rahbarligida hukumat aholining kamayishiga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish uchun shtab tuzdi, deb xabar bermoqda “Kyodo” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, mazkur shtab tug‘ilish darajasini oshirish va oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan tortib, mintaqaviy rivojlanishni rag‘batlantirishgacha bo‘lgan demografik chora-tadbirlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirishi kutilmoqda.

Hozirda bu mas’uliyat bir nechta agentliklar, jumladan, Bolalar va oila ishlari agentligi va Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida taqsimlangan.
Bundan tashqari, o‘lka bosh vaziri hukumatga tug‘ilish darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ishlab chiqishni tezlashtirishni buyurgan.
Aholining tobora keksayib borayotgani va tug‘ilish darajasining pastligi kunchiqar mamlakat duch kelayotgan eng dolzarb ijtimoiy muammolar qatoriga kiradi. Masalan, 65 yoshdan oshgan yaponlarning ulushi umumiy aholining rekord darajadagi 29,4 foizini tashkil etadi, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
S.Rahimov, O‘zA