Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya Xitoy bilan konstruktiv munosabat tarafdori
12:15 / 2023-07-26

Yaponiya hukumati Xitoy bilan konstruktiv va barqaror munosabat o‘rnatish, barcha darajada ikki tomonlama aloqani saqlab qolishni intiqlik bilan kutmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokazu Matsuno bayonot berdi.

“Xitoy bilan o‘zaro sa’y-harakat asosida konstruktiv va barqaror munosabat yo‘lga qo‘yish juda muhim. Biz barcha darajada yaqin hamkorlik davom etishini istaymiz”, dedi u Xitoy TIVga yangi rahbar tayinlagani munosabati bilan berilgan savolga javob qaytararkan.

Avvalroq “Kyodo” Koreya Respublikasi bilan yuqori darajada uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish taklif qilingani haqida xabar bergan edi. Tomonlar ta’kidlanganidek, vazir o‘rinbosarlari darajasida muzokara tashkil etish, iqtisodiy hamkorlik, ekologiya, jumladan, okeanga “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidan radiatsiyadan tozalangan suvni oqizish kabi muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan dolzarb masalalar bisyor.

 

O‘zA