Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya va NATO yangi hamkorlik dasturini e’lon qildi
18:32 / 2023-07-12

Yaponiya va NATO 16 yo‘nalish bo‘yicha yangi maxsus hamkorlik dasturi (ITPP)ni e’lon qildi, deya xabar berdi “Kiodo” agentligi. Hujjat kiber va fazo xavfsizligi, shuningdek, NATO manevrlarida, xususan, kiber xavfsizlik va axborotni manipulyatsiya qilishda ishtirokni kuchaytirish, tabiiy ofat, nizo vaqtida favqulodda yordam ko‘rsatish bo‘yicha birgalikda harakatlanish kabi yo‘nalishlarni ko‘zda tutadi.

Axborot almashinuvi rivojlanishi hamkorlikni mustahkamlaydi. Shu nuqtai nazardan hujjatda dengiz xavfsizligi va yadro quroli tarqatmaslik kabi an’anaviy yo‘nalishlardan tashqari, eng so‘nggi yo‘q qilish texnologiyasiga, xususan, sun’iy intellektdan foydalanishga oid yolg‘on ma’lumot tarqatishga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ham qayd etilgan.

2014 yil boshlangan Shaxsiy sheriklik va hamkorlik rejasining kengaytirilgan shakli hisoblanmish Moslashtirilgan hamkorlik dasturi (ITPP) 2023-2026 yillarda, to‘rt yil davomida ishlaydi. Zero, Hind-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyat Atlantikadagi xavfsizlikka va jahon tartibini saqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi, deyiladi xabarda.

O‘zA