Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya va Falastin elchilari O‘zbekistondagi diplomatik missiyalarini yakunladi
16:56 / 2025-10-09

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘z faoliyatini yakunlayotgan Yaponiya va Falastinning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari Takoshi Xatori hamda Javod Muhammad Avod bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. Yaponiyalik diplomat bilan suhbat chog‘ida O‘zbekiston - Yaponiya strategik sherikligi izchil rivojlanayotgani, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ta’lim va madaniyat sohalarida amaliy hamkorlik ko‘lami kengayib borayotgani ta’kidlandi. Vazir elchiga ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan faoliyati uchun minnatdorlik izhor qildi.

Eslatib o‘tamiz, Takoshi Xatori 2023 yil 12 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig‘ini topshirgan edi. Falastin elchisi Javod Muhammad Avod bilan uchrashuvda mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari elchining O‘zbekiston - Falastin munosabatlarini rivojlantirish, ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni chuqurlashtirishga qo‘shgan hissasini alohida qayd etdi. 

B.Saidov O‘zbekiston BMTning tegishli rezolyutsiyasi doirasida “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilini izchil qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Vazir diplomatlarga kelgusidagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

A.Alimova, O‘zA