Yaponiya va AQSH harbiy mashq boshladilar
Yaponiya va AQSH payshanba kuni "Keen Sword" mashqni boshladilar, unda 36 ming askar, 30 ta kema va 370 ta samolyot ishtirok etadi, deyiladi Qo‘shma Shtatlar mintaqaviy harbiy qo‘mondonlik boshqarmasi tomonidan tarqatilgan bayonotda.
“Biz mudofaa sohasida nafaqat hamkorligimiz, balki Yaponiyaning mudofaasini va aloqalarimizni mustahkamlashga harakat qilayotgan do‘st va qo‘shnimiz”.
Tokio va Vashington Xitoyning ushbu mintaqadagi harbiy faolligi oshib borayotganidan xavotirda.
19 noyabrgacha davom etadigan mashqlar mamlakat asosiy qismining janubiy-g‘arbidagi chekka Yaponiya orollarida o‘tkazilmoqda. Yaponiya Mudofaa vazirligi ta’kidlaganidek, bu manevrlar harbiylarning tezkor salohiyatini oshirishga qaratilgan.
“Keen Sword” mashqlari har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Bu safar ularga to‘rtta kema va ikkita samolyoti bilan Avstraliya, Buyuk Britaniya va Kanada qo‘shiladi.
O‘zA