Yaponiya va AQSH harbiy dengiz floti Yapon dengizida harbiy mashqlarni o‘tkazdi.
Mashqlar davomida ballistik raketalarni uchirish bo‘yicha ma’lumot almashish bilan bog‘liq masalalar qayta ko‘rib chiqildi, deyiladi Kunchiqar mamlakatining dengiz kuchlari qo‘mondonligi tarqatgan bayonotda.
"Yaponiyaning "Kongo" raketa esminsi 13-14 aprel kunlari Yapon dengizida Amerikaning "Mobayl Bey" raketa kreyseri hamda "Spryuens" esminse bilan birgalikda ballistik raketalarini uchirish bo‘yicha axborot almashish mashqlarini o‘tkazdi. Mashqlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad Yaponiya – Amerika harbiy hamkorligini mustahkamlashdan iborat", – deyiladi xabarda.
Mart oyida AQSHning "Avraam Linkoln" aviatashuvchisi ishtirokida Sariq dengizda mashqlar o‘tkazilgan edi. Juma kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning bobosi Kim Ir Senning 110 yilligi nishonlanadi. Shunga bag‘ishlab Shimoliy Koreya yadroviy yoki raketa sinovini o‘tkazishi mumkin, deyiladi xabarda.