Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya TIV Kurill orollari bilan vizasiz tartib joriy etish taklifini bildirdi
13:10 / 2021-12-15

Kurill orollarining tegishlilik masalasi Yaponiya va Rossiya munosabatidagi asosiy hal qilinmagan masaladir, dedi yapon tashqi ishlar mahkamasi rahbari Yosimasa Xayasi.

“TASS” xabarida uning: “Shimoliy hududlar masalasi hamon yechim topmagan, asosiy ishlar ayni shu borada olib borilishi lozim”, degan so‘zlari keltirilgan.

Xayasi hukumatlararo kelishuvlar muhimligiga ham urg‘u berib, Kurill  orollari bilan vizasiz tartib joriy etilishi muhimligini aytdi.

Uningcha, bunday “bordi-keldilar” orollar aholisining yaponlar bilan munosabatini qalinlashtiradi. Vazir pandemiya tufayli to‘xtatilgan dasturlarning tiklanishiga umid bildirdi.