Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya texnologiyasi asosida zamonaviy o‘quv media-markazi tashkil etildi
14:29 / 2019-10-31

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida yagona bo‘lgan o‘quv media-markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida yagona bo‘lgan o‘quv media-markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Umumiy qiymati 1,6 million dollarni tashkil etadigan ushbu markazga 2017 yilning 6 dekabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari o‘rtasida “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv media-markazi faoliyatini tashkil yetish to‘g‘risida” gi notalar almashinuvi va grant kelishuviga ko‘ra asos solindi.

O‘quv media-markazining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) vitse-prezidenti janob Kazuxiko Kashikava, Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Fujiyama Yoshinori, shuningdek, universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi tele va media olamiga ham juda katta ta’sir qilmoqda, – dedi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshabaev. – Ya’ni innovatsion texnologiyalar rivoji jahon media makoniga yangi, har tomonlama davr va makonga mos raqamli texnologiyalarni taqdim etmoqda. Vaholanki, bunday ilg‘or texnologiyalar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash davrimizning, umuman, ta’lim tizimining muhim va dolzarb masalalaridan biridir. Bugungi kunda universitetimizda faoliyat yuritayotgan Televizion texnologiyalar fakulteti esa talabalarimizga televizion texnologiyalar, audiovizual texnologiyalar, telestudiya tizimlari va ilovalari, videotexnologiyalar hamda zamonaviy media mahsulotlar bo‘yicha ta’lim beradigan eng ilg‘or fakultetlardan biridir.

Tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga media-markazning barcha imkoniyatlari, o‘rnatilgan eng ilg‘or texnologiyalar, media-markazning faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Markazda texnik qurilmalarni yetkazib berish va o‘rnatish ishlari Yaponiyaning “Marubeni“ kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Loyiha doirasida, teledasturlarni suratga olish, yoritkich qurilmalari, virtual studiya, video montaj tizimi va raqamli foto, audio yozish uskunalari va media pavilonini boshqarish qurilmalari o‘rnatilgan.