Yaponiya hukumati chet elliklar uchun fuqarolik olish talablarini jiddiy murakkablashtirishni rejalashtirmoqda. The Independent xabar berishicha, yangi qoidalarga ko‘ra, doimiy istiqomat muddati 5 yildan 10 yilga oshiriladi va yapon tilini bilish majburiy qilinadi.
Islohot Nippon Ishin partiyasi standartlarni yumshoq deb tanqid qilganidan so‘ng boshlandi. Liberal-demokratik partiyaning taklifiga ko‘ra, fuqarolik uchun quyidagilar talab qilinadi: 10 yillik doimiy istiqomat, namunaviy xulq-atvor, 18 yoshdan kattalik va barqaror daromad manbai. Davlat organlari yakuniy qarorda keng vakolatga ega bo‘ladi. Islohotlar kelasi yildan kuchga kirishi kutilmoqda.
Nippon Ishin partiyasi xorijliklar soniga cheklov qo‘yish va naturalizatsiya qilingan shaxslarni fuqarolikdan mahrum qilish mexanizmini ham taklif qilmoqda. O‘ta o‘ngchi Sanseito partiyasi esa chet elliklarni qonunchilik organlariga nomzod sifatida ko‘rsatmaslik tarafdori.
Shunga qaramay, ayrim istisnolar ham nazarda tutilmoqda. Masalan, Yaponiyada musobaqalarda ishtirok etgan sportchilar 10 yillik muddatni to‘liq o‘tmasdan ham fuqarolik olishi mumkin. Doimiy rezidentlar uchun yapon tili va fuqarolik ta’limi bo‘yicha imtihonlar majburiy etiladi.
Yaponiyada xorijliklar soni 2015 yilda 2,23 milliondan 2025 yil iyungacha 3,95 millionga yetib, aholining taxminan 3 foizini tashkil qilmoqda. Tanqidchilar fikricha, ishchi kuchi yetishmovchiligi avjlagan bir paytda bunday konservativ qoidalar migratsiya yo‘lida yangi to‘siqlar yaratadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/UpjhsCqg39w?si=WmbRILMkD18G4KJP" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA