Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya sobiq vaziriga suiqasd qilgan jinoyatchiga hukm o‘qildi
18:03 / 2026-01-21

Yaponiya sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Shindzo Abega suiqasd qilgan Tetsuya Yamagamiga nisbatan umrbod qamoq jazosini belgiladi.

“Kyodo” nashri yozishicha, ayblov tomoni umrbod qamoq jazosini talab qilgan, himoyachi esa jazoni 20 yil bilan cheklashni so‘ragan.

Yamagami o‘z aybini tan olgan. Sud jinoyatning ijtimoiy xavfliligini inobatga olgan holda eng qat’iy jazoni tayinladi. Hukm Yaponiyada siyosiy xavfsizlik choralarini kuchaytirish va davlat rahbarlarini himoya qilish tizimini yanada mustahkamlashga turtki bo‘ldi.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA