Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytiradi
09:50 / 2022-09-22

Yaponiya hukumati eksport cheklovlari qo‘llaniladigan harbiy sohaga oid Rossiya kompaniyalari ro‘yxatini kengaytirish niyatida, deb xabar bermoqda «Kyodo» agentligi. Bu haqida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi katta yettilik mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida aytgan.

Bundan tashqari, agentlik xabariga ko‘ra, vazirlar Ukrainani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish niyatida ekanligini aytib o‘tgan.