Yaponiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, kun chiqar mamlakat Rossiya Federatsiyasidan ikki, Belarusdan to‘qqiz tashkilotga eksport cheklovini kengaytirmoqda.
Maxsus hujjatda qayd etilishicha, ushbu korxonalar eksportini rasmiylashtirish uchun Tashqi ishlar vazirligining maxsus ruxsati talab qilinadi.
— Yaponiya “Ukrainadagi vaziyat munosabati bilan” Rossiyaning 52 tashkiloti va 10 nafar shaxsiga, shuningdek Belarusning qator korxonalariga qarshi sanksiya joriy qilmoqda, — deyilgan TIV matbuot xizmati tarqatgan xabarda. — Ushbu jamoalar uchun to‘lov va kapital amaliyoti bo‘yicha cheklov nazarda tutilgan.
Shuningdek, Rossiyadan neft importiga narx chegarasi 2025 yil 12 sentyabrdan 60 dollardan 47,6 dollargacha pasaytirilmoqda.
— RF ishlab chiqargan xom neft qiymati, shuningdek dengiz orqali tashiladigan mahsulotni sotib olish bilan bog‘liq kapital amaliyot tasdiqlanishi yoki ruxsat etilishi shart.
S.Rahimov, O‘zA