Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya parlamenti vakillari Tayvanda
15:37 / 2022-08-22

Yaponiya parlamenti a’zolari, hukmron Liberal-demokratik partiya a’zolari Keyji Furuya va Minoru Kixara dushanba kuni Tayvanga uch kunlik tashrif bilan keldi, deb xabar tarqatdi Tayvan Tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoq orqali.

"Biz Tayvanning azaliy do‘stlari Keyji Furuya va Minoru Kixarani samimiy qutlaymiz. Yaponiya Vakillar palatasi a’zolarining kelishi hamfikr qo‘shniligimiz qat’iy qo‘llab-quvvatlanishini ko‘rsatadi. Umid qilamizki, uch kunlik tashrif samarali va foydali bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

Tayvan TIV o‘tgan hafta Tokio-Taypey parlament guruhi rahbari va bosh kotibi Furuya va Kiharaning 22-24 avgust kunlari orolda bo‘lishini ma’lum qilgandi. Delegatsiyaning orol oliy rahbariyati, jumladan, Tayvan ma’muriyati rahbari Say Inven, o‘rinbosar Uilyam Lay, Bosh vazir Su Chjenchan, tashqi ishlar vaziri Jozef U bilan uchrashuvda qator muhim masalalar muhokama qilinadi.

Xorijiy hukumat vakillarining Tayvanga tashrifi Xitoy rasmiylari noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Pekin Xitoy TIV rasmiy vakillari orqali bir necha bor AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlarni Tayvan bilan har qanday rasmiy aloqani to‘xtatishga, oroldagi separatistik kayfiyatni qo‘llab-quvvatlashni barham berishga chaqirgan. Xitoy hukumati, shuningdek, Taybeyni G‘arb davlatlari bilan hamkorlikni davom ettirish orqali Tayvan bo‘g‘ozining har ikki tomonida keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirmoqda.