Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya parlamenti Shinjonda inson huquqiga rioya etilishidan xavotir bildirdi
10:43 / 2022-12-05

Yaponiya parlamenti yuqori palatasi Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani va Gonkongda inson huquqi bilan bog‘liq holatdan xavotir bildiruvchi rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar berdi.

Rezolyutsiya matnida to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Xitoy” so‘zi ishlatilmagan, “hukumat” inson huquqini ta’minlashga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirilgan.

Yaponiya rasmiylari ikki tomonlama munosabatni keskinlashtirmaslik uchun Xitoyni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tilga olishdan qochib, shunday usuldan foydalangan.

XXR rasmiylariga ko‘ra, Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanida xalqaro islomiy terrorchi yashirin tashkilotga aloqador separtistik guruhlar faoliyat yuritmoqda.

Shu yil avgust oyi oxirida BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Shinjonda inson huquqiga rioya etilishi bo‘yicha hisobot e’lon qilib, Xitoy rasmiylarini tanqid qilgan, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi esa hisobotni “Xitoyga qarshi uydirma”, AQSH va G‘arbning Xitoyni ushlab turishga qaratilgan siyosiy vositasi, deb atagan edi.