English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya NATO bilan hamkorlikni mustahkamlaydi
20:03 / 2024-04-16

Yaponiya strategik manfaatlari umumiy bo‘lgan NATO tashkiloti bilan hamkorlikni mustahkamlashda davom etadi, deyiladi mamlakat tashqi ishlar vazirligining har yili e’lon qiladigan “Diplomatiya bo‘yicha ko‘k kitob”ida keltirilgan ma’ruzada.

“Xavfsizlik sohasida xalqaro vaziyat o‘zgarib borayotganiga javoban, hamda xalqaro huquq qoidalariga asoslangan xalqaro tartibni saqlash va mustahkamlash uchun Yaponiya  NATO bilan ishonchli strategik hamkorlikni mustahkamlab boradi, chunki tashkilot bilan Yaponiyaning  tub qadriyatlari va  strategik manfaatlari umumiy”, - deyiladi hujjatda.

Kitob mualliflari eslatishicha, 2023-yil iyulda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida ham ishtirok etgan edi. O‘shanda Yaponiya bilan NATO o‘rtasida “alohida tayyorlangan sheriklik dasturi” bo‘yicha kelishuvga erishilgani  haqida e’lon qilingan. 

“Mazkur kelishuv kunchiqar mamlakati bilan NATO hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi va to‘rtta ustuvor sohani qamrab olishi ko‘zda tutilgan. Ular xavfsizlik sohasida yangi tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish, hamkorlikni kengaytirish va asosiy qadriyatlarni ilgari surishdan iborat. Mazkur soha doirasida bir qator yo‘nalishlarni alohida keltirish mumkin. Xususan, kelishuvda kiberxavfsizlik, strategik kommunikatsiya, fan va texnologiya  sohalari ham bor”, - deyiladi kitobda.

2022-yilda Kisida NATO sammitida ishtirok etgan Yaponiyaning birinchi Bosh vaziri bo‘ldi. U alyansning o‘tgan yilgi uchrashuvida ham ishtirok etgandi, qolaversa, NATOning joriy yilda Vashingtonda bo‘ladigan sammitida ham qatnashishi mumkin, deyiladi xabarda.