Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya maxsus xavfsizlik choralari uchun 58 hududni belgiladi
09:14 / 2022-12-27

Yaponiya hukumati maxsus xavfsizlik choralari joriy etilgan, xavfli, deb topilgan xorijiy kapital va boshqa faoliyatlar amalda taqiqlangan 58 ta hudud ro‘yxatini tasdiqladi.

Vazirlar Mahkamasining bugun, seshanba kuni e’lon qilingan farmoyishiga ko‘ra, ular asosan mamlakat shimoli, shimoli-sharqida va janubiy-g‘arbida beshta prefekturadagi, shuningdek, Tokiodagi harbiy inshootlar joylashgan hududlardir. U kelasi yilning fevral oyidan kuchga kiradi.  

Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim maxsus hududlar chekka orollarda tashkil etilgan. Ularning ro‘yxati asta-sekin oshib boradi.

Yaponiya hukumati, “Kyodo” agentligining xabar berishicha, xorijiy tadbirkorlarning ushbu zonalarda yer sotib olishga urinishlaridan xavotirga tushgan. Endi rasmiylar u yerdagi mulk egalarini tekshirish, shuningdek, xavfli yoki shubhali, deb hisoblangan faoliyatni to‘xtatish huquqiga ega.  

 

O‘zA