French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya madaniyati kunlari o‘tkazildi
13:29 / 2025-12-05

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 24 noyabrdagi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasining 2025 yil 5 noyabrdagi xatiga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli respublika Bolalar kutubxonasida “Yaponiya madaniyati kunlari” tashkil etildi.

– JICA  volontyorlari  faoliyat  yuritayotgan  umumta’lim  maktablari o‘quvchilari ishtirokida o‘tgan bayram dasturi Yaponiya milliy liboslarini tanishtirishdan boshlandi, – deydi respublika Bolalar kutubxonasi kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limining boshlig‘i Inkar Ametova – Bolalar rang-barang kunchiqar yurt milliy kiyimlarini qiziqish bilan tomosha qilishar, naqshlardan hayratlanishar va volontyor tashkilotchilarga ko‘plab savollar berishardi. Ularning yuzlarida samimiy zavq, ko‘ngillarida esa Yapon madaniyatini o‘rganish istagi bor edi.  

Milliy kiyimlar bilan  choy marosimida ishtirok etish bolalarda katta taassurot qoldirdi. Ular yapon urf-odatlari haqidagi hikoyani diqqat bilan tinglashdi. Ajoyib va xilma-xil imo-ishoralarni kuzatishdi, ba’zilari hatto bu harakatlarni takrorlashga harakat qilishdi. Zalda sukunat va hayrat hukm surardi. Bolalar bu qadimiy marosimning go‘zalligini chin yurakdan his etishdi.  

Tadbirning eng quvnoq va jozibali qismi yapon milliy o‘yinlari bo‘ldi. Bolalarning o‘yin, kulgisi xonani to‘ldirdi va ular yangi o‘yinlarni uynab, sinab ko‘rishdi, o‘zaro musobaqalashishdi, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashdi va o‘rganganlaridan xursand bo‘lishdi.  

Kalligrafiya san’ati bilan yaqindan tanishib, qo‘liga birinchi marta mo‘yqalam ushlab, iyerogliflarni yozishga harakat qilishdi.   

[gallery-26578]

Shuningdek, bolalar chaqqonlik, e’tiborlilik va ziyraklikni rivojlantiruvchi yapon milliy o‘yinlarini o‘ynab ko‘rishdi va bu jarayon dasturning eng quvnoq qismi bo‘ldi.

Tadbirda Nukus shahridagi 11,31,32,33,36,38 va 50-sonli umumta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘z ustozlari bilan faol ishtirok etishdi.

O‘z navbatida ishtirokchilar tadbir tashkilotchilari bo‘lmish Bolalar kutubxonasi direktori Zulfiya Seytniyazova va Yaponiyalik volontyor Izumi Miyajimaga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari