Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya kompaniyalarining 75 foizi kundalik ishda sun’iy intellektdan foydalanadi
13:42 / 2026-02-02

Yaponiya moliya vazirligi tadqiqotiga ko‘ra, mamlakatda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning 75 foizi kundalik ish jarayonida sun’iy intellekt (SI) texnologiyasidan foydalanmoqda. Bu ko‘rsatkich besh yil oldin 11 foiz edi.

Hozir yirik korxonalarda SIdan foydalanish darajasi 89, avtomobilsozlik va umumiy ovqatlanish tarmog‘ida 90 foizga ko‘tarilgan. Bu raqamlar kun chiqar yurtda yangi texnologiyalarga nisbatan talab, SI ish jarayonida qo‘llanishi darajasi juda tez o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, kompaniyalar SIni asosan hujjat tayyorlash, ma’lumotni qidirish va yig‘ish, shuningdek texnik vazifalarni avtomatlashtirishda qo‘llaydi. Masalan, chat-bot telefon xizmati yuklamasini sezilarli darajada kamaytirib, mijozga tez xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Elektron yozishmalardagi SI esa xodimlar uchun bir necha soati tejashga yordam beradi va samaradorlikni oshiradi.

Darvoqe, yapon korxonalari uchun sun’iy intellektdan samarali foydalanishda ikki asosiy muammo mavjud ekan. Birinchisi – zarur ko‘nikmaga ega malakali mutaxassislar yetishmovchiligi, ikkinchisi ma’lumot sizib chiqishi va xavfsizlik bilan bog‘liq ehtimoliy xatar. Kompaniyalar shu jihatlarni hisobga olib, SIga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.

Umuman, Yaponiya tajribasi sun’iy intellekt texnologiyasi jadal rivojlanayotgani,zamonaviy qurilmalar samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatmoqda.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA