Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya – Janubiy Koreya sammitida KXDRni to‘liq denuklearizatsiya qilish masalasi muhokama qilinadi
11:40 / 2023-03-16

Shimoliy Koreyani to‘liq denuklearizatsiya qilish masalasi Tokioda bo‘lib o‘tadigan Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilarining oliy darajadagi uchrashuvida muhokama etiladi, deb ma’lum qildi Yaponiya hukumati bosh kotibi Xirokadzu Matsuno.

“Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilarining bugun bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvida Yaponiya bilan Janubiy Koreya hamda Yaponiya – Janubiy Koreya – AQSH  tomonidan Shimoliy Koreya to‘liq denuklearizatsiya qilinishini yana bir bor ta’kidlashdir”, – dedi Matsuno.  

U Shimoliy Koreyaning Yaponiya va mintaqa tinchligiga  xavf solayotgan raketa parvozlarini qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.  

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan Janubiy Koreya prezidenti  Yun Sok Yolning ushbu  uchrashuvi  Janubiy Koreya prezidentining so‘nggi 12 yil ichida qo‘shni davlatga amalga oshirayotgan ilk tashrifi paytida bo‘lib o‘tmoqda.  

Avvalroq Yaponiya Pekindagi elchixonasi orqali Shimoliy Koreyaga keskin norozilik bildirib, qit’alararo ballistik raketa uchirganini qat’iy qoralagan edi.  

So‘nggi paytlarda Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomoniga qarata raketa parvozlarini faollashtirmoqda. Bu tabiiyki, Kunchiqar davlatining ham, Janubiy Koreyaning ham xavotiriga sabab bo‘lmoqda.